profile
Размещено 4 года назад по предмету Оʻzbek tili от aisomiddinov867

''Ozod Vatan farzandimiz'' mavzusida matn tuzing

  1. Ответ на вопрос
    Ответ на вопрос дан Sabohatjasurovna

    Биз озод ватаннинг фарзандимиз!!!

    Она-юрт ватанимизнинг келажакимиз!!!Бизнинг ота-она,устозламиз,давлат рахбаримизга катта рахмат.Ота-она тарбия берар,устозларимиз-билим берар.Улуг одамлар туфайли давлатимизга хисса кушадиган болалар булиб етилишимизга ишонаман!

    Биз мустакилл давлатимизнинг болаларимиз!!

  2. Ответ на вопрос
    Ответ на вопрос дан murodova3006
    Ответ:
    Insoniyat paydo bo‘libdiki, erkka intilib yashaydi. Ozodlik eng muqaddas tushuncha. Zero, erkinlik va ozodlik ta’minlangan joyda inson o‘zligini namoyon qila oladi, shundagina bunyodkorlik, obodlik, taraqqiyot, farovonlik va komillikka erishishi mumkin.
    Yurtboshimiz aytganlaridek, men uchun O‘zbekiston deya atalmish go‘zal va betakror o‘lkada tug‘ilib, uning bag‘rida kamol topayotganligim, mustaqil mamlakatning hur farzandi ekanligim katta baxt. Xalqimizga erkinlik va ozodlik, baxtu saodat, umid va ishonch sururini baxsh etgan eng ulug‘, eng muqaddas ayyom — istiqlol sanasi bilan tengdosh ekanligim qalbimda faxr va g‘urur uyg‘otadi. Zero, mustaqillik — yorug‘ istiqbolimiz, kelajagimiz kafolatidir.
    Vatan ozod va mustaqil bo‘lsa, uning bag‘ri jannat bog‘laridek obod, xonadonlari fayzli va farovon, odamlari baxt­li, farzandlari esa bilimdon va zukko bo‘ladi. Shuning uchun Vatan ozodligi va mustaqilligi har bir farzandi uchun jon kabi aziz va muqaddasdir.
    Vatan ozodligi ajdodlarimizning buyuk armoni va muqaddas e’tiqodi bo‘lib, ular bu yo‘lda jonlarini fido qilishdan ham qaytmaganlar. Shiroq matonati, To‘maris jasorati, Najmiddin Kubro, Jalolliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimiz, shuningdek, o‘tgan asr boshlarida yashab o‘tgan ma’rifatparvar bobolarimizning ozodlik yo‘lidagi kurashlari vatanparvarlikning yuksak namunasidir. Ularning qahramonlik va fidoyiliklari, hayot yo‘llari biz yoshlarga hamisha ibrat bo‘lib qoladi.
    Mamlakatimizda biz yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik eng yuksak darajaga ko‘tarilgan.
    O‘z navbatida yurtimiz farzandlari o‘z bilim va iqtidorlarini butun dunyoga namoyish etib, Vatan sha’nini yanada yuksaklarga ko‘tarmoqda. Mustaqil O‘zbekiston yoshlari xalqaro sport va fan olimpiadalarining yuqori shohsupalarini egallab, vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarmoqdalar. Iste’dodli tengdoshlarimiz milliy hunarmandchilikning mo‘‘jizaviy bezak va buyumlari bilan jahonni lol qoldirmoqda.
    Ha, davlatimizda yoshlar uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq, faqat undan unumli va samarali foydalana bilsak bas. Bu borada Prezidentimizning qu­yidagi so‘zlari barchamizni yangidan-yangi marralarga undaydi: “O‘zbek millatining, o‘zbek farzandlarining qobiliyat, zehn-zakovat, tirish­qoqlik borasida boshqa hech bir millat yoki xalqdan qolishadigan joyi yo‘q. Faqat mavjud intellektual imkoniyatlarimizni to‘liq ishga solishimiz, ulardan mukammal tarzda foydalana bilish zarur...”
    Bizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar zamiridagi ulkan ishonchni bir zum ham unutishga haqqimiz yo‘q. Vatanimizni, mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash biz yoshlarning muqaddas burchimizdir. Zero Mustaqillik timsolida biz o‘zimizni, yorug‘ kelajagimizni, baxtu iqbolimizni ko‘ramiz.
    Объяснение: KERAKLI JOYLARINI OVOLING HAMASINI YOZISH SHART EMAS
    1. Ответ на вопрос
      Ответ на вопрос дан Asilahon2007
      С интернета вы взяли
    2. Ответ на вопрос
      Ответ на вопрос дан Sabohatjasurovna
      Даа я тоже об этом))))
    3. Ответ на вопрос
      Ответ на вопрос дан Sabohatjasurovna
      нечесно..Лишь бы баллы получить людям
    4. Ответ на вопрос
      Ответ на вопрос дан Sabohatjasurovna
      но так нельзя плагиат!!
    5. Ответ на вопрос
      Ответ на вопрос дан Asilahon2007
      Да уж
Не тот ответ на вопрос, который вам нужен?
Найди верный ответ
Самые новые вопросы
tegysigalpa2012
Русский язык - 6 лет назад

Помогите решить тест по русскому языку тест по русскому языку «местоимение. разряды местоимений» для 6 класса 1. укажите личное местоимение: 1) некто 2) вас 3) ни с кем 4) собой 2. укажите относительное местоимение: 1) кто-либо 2) некоторый 3) кто 4) нам 3. укажите вопросительное местоимение: 1) кем-нибудь 2) кем 3) себе 4) никакой 4. укажите определительное местоимение: 1) наш 2) который 3) некий 4) каждый 5. укажите возвратное местоимение: 1) свой 2) чей 3) сам 4) себя 6. найдите указательное местоимение: 1) твой 2) какой 3) тот 4) их 7. найдите притяжательное местоимение: 1) самый 2) моего 3) иной 4) ничей 8. укажите неопределённое местоимение: 1) весь 2) какой-нибудь 3) любой 4) этот 9. укажите вопросительное местоимение: 1) сколько 2) кое-что 3) она 4) нами 10. в каком варианте ответа выделенное слово является притяжательным местоимением? 1) увидел их 2) её нет дома 3) её тетрадь 4) их не спросили

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.