Размещено 3 года назад по предмету
Оʻzbek tili
от alina8011
Qayerdasan, maktabim?
Meni aldab-suldab ko'chaga haydab chiqarishdi, ha, shunday
qilishdi. Boʻlmasa, teatrda ish toʻlib yotgan edi. Hech boʻlmasa koʻcha
eshik oldida turib chipta yirtay desam: „Oʻshanga ham ma'lumot
kerak", deyishdi. Gapni qarang-a! O‘qing, oʻrganing emish! Nega endi
oʻqir ekanman? Nega?
Toʻxtang, nega endi ishim doim orqaga ketaveradi? Agronom
boʻldim - quvildim. Shoir bo‘ldim – nomim chiqmadi.
boʻldim - arang qochib qutuldim. Nega?
Safarga chiqqanimdan buyon ko‘p ajoyibotlarni koʻrdim, ko'p
gʻaroyibotlarning guvohi boʻldim. Xursand boʻlgan kunlarim boʻldi,
xafa boʻlgan kunlarim boʻldi. Ammo hech qachon bugungidek koʻnglim
o‘ksimagan, bugungidek xoʻrligim kelmagan. To‘g‘ri, oyijonimni
sog'inganman, singillarim koʻz oʻngimdan nari ketmay qolishdi, birga
oʻqigan oʻrtoqlarim: malla sochli Ortiqvoy, darsda uxlab oʻtiradigan
Shokirjon - hamma-hammalarini sog'indim, ko‘rgim keladi. Ammo
nachora. Men oʻqimasdan agronom boʻlmoqchi edim, shuning uchun
ham barcha azoblarga, barcha mashaqqatlarga tishimni tishimga qoʻyib
chidagan edim, maqsadimga erisha olmadim, sharmanda boʻldim! Перевод срочно!!