Размещено 3 года назад по предмету
Оʻzbek tili
от rashidovamirbek
перевод на русский Suy bebaho xazina Rivoyat qilishlaricha, Jaloliddin Manguberdining ukasi suvga kesak otibdi. Shunda akasi undan qattiq ranjib. Sen gunoh ish qilding. Jayxunni ona oʻrnida koʻr. Axir shu daryo seni yediradi, kiyintiradi“, debdi. Ukasi aka nasihatidan so'ng o'zini o'nglab suvga munosabati oʻzgaribdi. Suvga tupurish, unga xas-xashak tashlash hamda isrof qilish qadimdan qoralangan. Biz ham suvni tejab ishlatish, ariq va anhorlarga chiqindi tashlamaslik haqida uka-singillarimizga gapirib bersak, oʻzimiz ularga ibrat boʻlamiz Odam och-nahor bir necha kun yashashi mumkin, lekin suvsiz yashay olmasligini hamma biladi. Suy nafaqat hayot manbayi, balki hayotimizning ko'rki hamdir. Bizning issiq mintaqamizda suvning oʻmi nihoyatda katta Zilol suv oqib turgan ariqcha oldida bir zumgina o'tiring, bahri dilingiz ochiladi. Sharsharani kuzating, ko'zingiz dam oladi. Favvoradan xuddi durdek sachragan suv tomchilari sizga orom bagʻishlaydi. Shuning uchun suvdek noyob xazinamizni asraylik. Shunda ona tabiat bizga oʻzining barcha boyliklarini in'om etib, el-yurt boy- badavlat, xalqimiz farovon yashaydi.