Размещено 3 года назад по предмету
Оʻzbek tili
от akhmerovtemur07
1. Piyoda yurish tanani chiniqtirishning hamma uchun qulay, oson vositasidir. Piyoda yurish yurak, oʻpka qon tomirlari faoliyatini yaxshilab, modda almashinuvining bir maromda ishlashini ta'minlaydi. Olimlarning fikricha, yayov yurgan kishi- ning aqliy faoliyati ham oshadi, chunki yurish jarayonida mi- yaning qon bilan ta'minlanishi yaxshilanadi. Sevimli yozuvchimiz Abdulla Qodiriy oʻz asarlari ustida ishlayotganida Toshkentning odam kam yuradigan sokin bogʻ koʻchalarida kezib yurar ekan. Yozuvchi ana shu „ijodiy kezish“ paytlarida ko'nglidagilarni ob- dan pishitib, so'ng qog'ozga tushirar ekan. 2. Keyingi paytlarda olimlar ish stolida uzoq o'tirib ishla- maslikni taklif etishmoqda. Ular oʻtirib ishlagandan koʻra, turib ishlagan ma'qul, deyishyapti. Stulda esa qisqa muddat o'tirib dam olishni tavsiya etishmoqda. Bu taklif tarixda yangilik emas. Eyn- shteyn, Mendeleyev, Xeminguey kabi yirik olimlar hamisha tik turib ishlaganlar. 3. Velosiped minish – kishi salomatligini mustahkamlovchi eng yaxshi vositalardan. Sportning bu turiga butun vujudi bilan berilganlardan biri – yirik o‘zbek geolog olimi G'ani Mavlo- novdir. Gʻani Orifjonovich akademik boʻlganida ham velosiped minib yurganini ko'rganmiz. Siz inson salomatligi uchun foydali bo'lgan yana qaysi sport turlarini bilasiz? вопросы с ответами на узб по текстам плиз срочно