profile
Размещено 2 года назад по предмету Оʻzbek tili от shamshimedovamuslima

qahramonga esse Dilfuza Egamberdiyevaga faqt tez iltimos​

  1. Ответ на вопрос
    Ответ на вопрос дан korolina1991636

    Ответ:

    Taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi Oʻtkir Hoshimov 1941-yili 5-avgustda Toshkentda Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan.U oddiy bir oilada dunyoga keldi.Yozuvchining bolaligi urush va urushdan keyingi mashaqqatli davrga toʻgʻri keldi. Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan.Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Shuningdek, u Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar qoʻmita raisi vazifasini bajargan.

    Oʻsha davrda non tanqis boʻlgani bilan kutubxonalarda kitob koʻp edi“¸ deya eslagan edi yozuvchi oʻz xotiralarida.Oʻsha davrda non tanqis boʻlgani bilan kutubxonalarda kitob koʻp edi“¸ deya eslagan edi yozuvchi oʻz xotiralarida.

    Boʻlajak yozuvchi 1964-yilda ''O'zbekiston Milliy universitetining'' filologiya fakultetida o'qigan.

    1959–1962-yillari „Qizil Oʻzbekiston“, 1963–1966-yil „Toshkent haqiqati“ 1966–1982-yillari „Toshkent oqshomi“ gazetalarida adabiy xodim boʻlib ishladi.Uning kitoblari juda qiziqarli va hayotiy edi.

    Yozuvchining ilk asari 1962-yilda „Poʻlat chavandoz“ nomida ocherklar toʻplami tarzida nashrdan chiqdi.

    Ammo yozuvchiga muvaffaqiyat keltirgan asar 1970-yilda nashr qilingan „Bahor qaytmaydi“ qissasi boʻldi.

    Oʻsha paytda nashr qilinayotgan mafkura targʻibotidan iborat asarlar fonida yozuvchi Oʻtkir Hoshimovning oddiy insoniy munosabatlar haqidagi bu asari qorongʻu osmonda chaqnagan mushak kabi eslanadi..

    Bu asar asosida suratga olingan videofilm oʻz vaqtida eng koʻp tomosha qilingan asar sifatida tarixga kirdi.

    „Xazon boʻlgan bahor“, „Inson sadoqati“ (1975), „Vijdon dorisi“, „Toʻylar muborak“ (1979), „Qatagʻon“ kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi.„Daftar hoshiyasidagi bitiklar“ nomli kitobi esa 2001 yilda chiqarilgan.

    „Choʻl havosi“ nomli birinchi qissasi 1963 yilda bosilib chiqqan. Talabchan adib Abdulla Qahhorning eʼtiboriga sazovor boʻlgan. „Urushning soʻnggi qurboni“, „Yanga“, „Muhabbat“, „Dehqonning bir kuni“, „Umr savdosi“, „Quyosh tarozusi“, „Oq bulut, oppoq bulut“ singari oʻnlab hikoyalari, „Shamol esaveradi“ (1968), „Bahor qaytmaydi“ (1970), „Qalbingga quloq sol“ (1973), „Dunyoning ishlari“ (1982), „Ikki karra ikki-besh“ (1987) qissalari, „Nur borki, soya bor“ (1976), „Ikki eshik orasi“ (1985), „Tushda kechgan umrlar“ (1993) kabi romanlar yozgan. Adib asarlarida zamonaviy oʻzbek xalqining maʼnaviy dunyosi, milliy ruhi, urf-odatlari tasvirlangan.„Toʻylar muborak“, „Sizdan ugina, bizdan bugina“, „Vijdon dorisi“, „Inson sadoqati“, „Qatagʻon“ singari pyesalar muallif. U E. Xemenguey, K. Simonov, A. Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

    Keyinchalik yozuvchi „Ikki eshik orasi“(1986), „Tushda kechgan umrlar“ (1994) romanlarida zamondosh-asrdosh odamlar taqdirini¸ 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari Ikkinchi jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bogʻliq holda tahlil va talqin etishga urindi.

    Hali Oʻzbekistonda Sovet mafkurasi hukmron boʻlgan 1990-yilda Oʻtkir Hoshimov oʻzi bosh muharrir boʻlgan „Sharq yulduzi“jurnalida Qurʼoni karimning ilk oʻzbekcha tarjimasini chop qilishga jurʼat qildi.

    Tarixga Gorbachev hurriyati deya kirgan "Qayta qurish va oshkoralik " davri Oʻtkir Hoshimovga jasorat berdi¸ deya aytish mumkin.

    Oʻsha paytdagi Oʻzbekiston rahbariyati zehniyatida ashaddiy ateizm mavjudligi hisobga olinsa¸ bu haqiqatda jasorat namunasi deya eslanadigan qadam.

    Toshkentdagi „Ateizm uyi“ kabi idora vakillari Qurʼon suralarida milliy kamsitish elementlari bor¸ deya „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼoni karim tarjimasini chop qilinishini toʻxtatishga urinishdi.

    Bu toʻsiqlarga qaramasdan¸ Oʻtkir Hoshimov bu tarjimani toʻligʻicha jurnalning bir necha sonlarida bosib chiqara oldi.

    Marhum yozuvchi 2001-yili „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan edi.

    Noyob iste'dod sohibi O'tkir Hoshimov adabiyotga Abdulla Oripov, Omon Muxtor, Shukur Holmirzayev singari bir qator tengdoshlari bilan birga adabiyotga kirib keldi. O'sha paytda adabiyotimizning Oybek, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda singari ulkan yozuvchilari hayot bo'lib, ularning nazariga tushish hammaga ham nasib etavermasdi.O'tkir Hoshimov esa Abdulla Qahhordek mashhur san'atkor etiborini jalb qilgan yoshlardan edi.

    Oʻtkir Hoshimov 2013-yil, 24-may kuni, 71 yoshida olamdan oʻtdi. Toshkentning Doʻmbirobod masjididagi juma namozidan keyin yozuvchi jasadi tuproqqa berildi.

    Mana boladimi.Agar oxwamagan bosa oziz qowimca kiritasz.qoldan kelganca harakat qib yozdim

Не тот ответ на вопрос, который вам нужен?
Найди верный ответ
Самые новые вопросы
tegysigalpa2012
Русский язык - 5 лет назад

Помогите решить тест по русскому языку тест по русскому языку «местоимение. разряды местоимений» для 6 класса 1. укажите личное местоимение: 1) некто 2) вас 3) ни с кем 4) собой 2. укажите относительное местоимение: 1) кто-либо 2) некоторый 3) кто 4) нам 3. укажите вопросительное местоимение: 1) кем-нибудь 2) кем 3) себе 4) никакой 4. укажите определительное местоимение: 1) наш 2) который 3) некий 4) каждый 5. укажите возвратное местоимение: 1) свой 2) чей 3) сам 4) себя 6. найдите указательное местоимение: 1) твой 2) какой 3) тот 4) их 7. найдите притяжательное местоимение: 1) самый 2) моего 3) иной 4) ничей 8. укажите неопределённое местоимение: 1) весь 2) какой-нибудь 3) любой 4) этот 9. укажите вопросительное местоимение: 1) сколько 2) кое-что 3) она 4) нами 10. в каком варианте ответа выделенное слово является притяжательным местоимением? 1) увидел их 2) её нет дома 3) её тетрадь 4) их не спросили

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.