profile
Размещено 2 года назад по предмету Оʻzbek tili от veneraj1834

Buyuk ipak yo'li va zamonamiz mavzusida insho rejasi bilan kerak.

  1. Ответ на вопрос
    Ответ на вопрос дан Begoyim16

    Ответ:

    Reja:

    1)Eng qadimgi yo'llar. Buyuk ipak yo'lining paydo bo'lishi va rivojlanishi.

    2)Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk ipak yo'li shuhratining yanada ortishi.

    3)XVI asrdan boshiab Buyuk ipak yo'li ahamiyatining pasayishi va uning sabablari.

    4)Hozirgi davrda Buyuk ipak yo'li an'analarini tiklanishi.

    Tarixda miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Eron ahmoniylari saltanati davrida uning hududi bo’ylab “shoh yo’li” tarkib topganligini bilamiz. Lekin unga qadar O’rta va Yaqin SHarqda Badaxshon lazuritiga bo’lgan ehtiyoj “Lazurit yo’li”ning vujudga kelishiga olib kelgan. Ana shunday qadimgi yo’llardan biri, G’arb bilan SHarqni bir necha ming yillar davomida bir-biriga bog’lab kelgan “Buyuk ipak yo’li” edi. Bu yo’l orqali SHarqdan (Xitoydan) G’arbga(Vizantiyaga) oqib borgan savdo mollari, asosan, Xitoy ipagi bo’lsa-da, bu yo’l fanga atigi XIX asrning 70 yillarida nemis olimi K.Rixtgofen tomonidan “Ipak yo’li” nomi bilan kiritildi. Unga qadar “Ipak yo’li” “G’arbiy meridional yo’l” deb kelinardi. “Buyuk Ipak yo’li” haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi 138 yilga to’g’ri keladi: Xitoy imperatori Vu Di topshirig’i bilan Markaziy Osiyoga yuborilgan elchi va sayyoh CHjan Syan “Buyuk ipak yo’li”ni o’rganadi va bu to’g’rida o’z tasnifini beradi. Shu davrda xunnlar Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj qilar edilar va imperator CHjan Syanni ko’chmanchi xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo’natadi. Elchi xunnlar qo’liga asir tushadi va o’n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan qochib, Markaziy Tyan’shan dovonlari orqali Issiqko’lga chiqadi. Norin daryosi bo’ylab Farg’ona vodiysiga keladi. Bu erda o’zi uchun vodiydagi shaharlarni kashf qiladi. Bu shaharlar Farg’ona podshohligiga qarashli ekanligini bilib oladi. Tabiiyki, elchi xitoyning xunnlarga qarshi kurashda Farg’ona hukmdorining yordamini olmoqchi bo’ladi. Lekin Farg’ona hukmdori faqat savdo aloqalarini o’rnatish istagini bildiradi. CHjan Syan janub sari sayyohatini davom ettiradi. Oloy vodiysidan o’tib, yana xunnlar qo’liga tushadi. Bir yildan keyin vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga sayohati haqida gapirib beradi. U Xitoyga Farg’ona otlaridan birini va beda urug’idan olib borgan edi. Bu otni xitoyliklar samoviy deb ataganlar. Imperator Vu Di o’z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning butun shimoli bo’ylab ekiladigan bo’ladi. Xitoyliklar anor, uzum, bodring va yong’oq ekishni ham yo’lga qo’yadilar. SHunday qilib, CHjan Syan yurgan yo’l bo’ylab miloddan avvalgi II-I asrlarda Xitoyni Markaziy va G’arbiy Osiyo bilan bog’lovchi jahon ahamiyatiga ega Buyuk ipak yo’li deb ataluvchi narvon yo’li o’tadigan bo’ldi. “Ipak yo’li” Xitoyning qadimgi markazi Siandan boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga keladi. Dunxuanda u ikkiga ajraladi. “Ipak yo’li”ning janubi-g’arbiy tarmog’i Takla-Makon sahrosi orqali Xotanga, undan Yorkentga kelib, Pomir tog’ining daralari orqali Vaxonga, undan Baqtriyaning bosh shahri Zariaspga (Balx) kelgan, Balxda yo’l uch tarmoqqa ajralib, uning g’arbiy tarmog’i Marvga, janubiy tarmog’i Hindistonga, shimoliy tarmog’i Termiz orqali Darband, Nautak, Samarqandga qarab ketgan.

    Объяснение:

    yanaxam ochib bermoqchi edim bo'lmadi

    1. Ответ на вопрос
      Ответ на вопрос дан madinamuxtorova24
      Рахмат
Не тот ответ на вопрос, который вам нужен?
Найди верный ответ
Самые новые вопросы
tegysigalpa2012
Русский язык - 6 лет назад

Помогите решить тест по русскому языку тест по русскому языку «местоимение. разряды местоимений» для 6 класса 1. укажите личное местоимение: 1) некто 2) вас 3) ни с кем 4) собой 2. укажите относительное местоимение: 1) кто-либо 2) некоторый 3) кто 4) нам 3. укажите вопросительное местоимение: 1) кем-нибудь 2) кем 3) себе 4) никакой 4. укажите определительное местоимение: 1) наш 2) который 3) некий 4) каждый 5. укажите возвратное местоимение: 1) свой 2) чей 3) сам 4) себя 6. найдите указательное местоимение: 1) твой 2) какой 3) тот 4) их 7. найдите притяжательное местоимение: 1) самый 2) моего 3) иной 4) ничей 8. укажите неопределённое местоимение: 1) весь 2) какой-нибудь 3) любой 4) этот 9. укажите вопросительное местоимение: 1) сколько 2) кое-что 3) она 4) нами 10. в каком варианте ответа выделенное слово является притяжательным местоимением? 1) увидел их 2) её нет дома 3) её тетрадь 4) их не спросили

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.