profile
Размещено 2 года назад по предмету Оʻzbek tili от mahammadjonova

"HELLADOS" hikoyasidan parcha momataloq bo'lib ketgandi. kunf Yanguli sut opkeldi. Hovlida unga ko'zim tushdi-yu... taniyolmay qoldim. Anakdi?-deb so'radim ajablanib. elovar qilmasdi - bu atrofda Yanguliga kim qo'l ko'tarishi mumkin?! Yoki birorta katta- dagi odamning ishimikin bu? h narsal- dedi u chetga qarab. Ameni bir qaragin... hgisi yo'q!?- deya jilmaydi u. mushtumzoT?! ang? sababi bor-da... Ama gunoh qiluvding?- deya uning shishib ketgan chakkasiga avaylab qo'limni tekkazdim. Uch kundan keyin Suxumiga Gretsiyadan paroxod keladi. Bu yerlik greklar Elladaga qay- Ama ish qilib qo'yding? yapti. Otam ham.... xosh nima qipti? Ketmoqchi emasman... Otamning gapiga qaraganda, bizning vatanimiz, ona tuprog'imiz sha yerda... Bizni ajdodlar ruhi chaqirayotganmish, bu nidoga quloq solish shart emish... Nega ketmoqchimassan? - deb so'radim astoydil taajjublanib. Yangulidan ancha vaqtga- -Qandoq tushuntirsamikin... - deya gap boshladi u nihoyat. - Onam yo'q, hatto eslolmay- man ham. Otam uzzukun tomorqada yoki tirikchilik tashvishida... Men ko'chada, Venetsian sado chiqmadi. sen... Tushundingmi endi? Mida, qolaversa, -Koka, Petya, Kurlika, Fema, Qora dengiz, ko'prik... - U bir yutinib olib, davom etdi: - Bu chasida katta bo'ldim... Mening vatanim, mening Elladam bu - Suxumi, ko'cha, Chalbash; Azoyi badanim jimirlab ketdi. Bunaqa so'zlarni birinchi marta eshitayotgan edim. -Bu naqsh, Jamol. Vatan ichkariroqda, naq yurakning o'zida! -Bu nima bo'lmasa? - Men Yangulining ko'kragini ochib baland ovozda o'qidim - Hellados. Savollar: Nodar Dumbadze 1) Yangulining gunohi nima edi? 2) Sizningcha, Yanguli haqmi yoki otasimi? 3) Nega Jamolning a'zoyi badani jimirlab ketdi? 4) Yangulining Vatanga bergan ta'rifiga munosabatingizni bildiring. Siz uchun Vatan bu-..​ срочноо помогитееее

  1. Ответ на вопрос
    Ответ на вопрос дан ashurovamadina46612

    Ответ:

    31 Октября 2013

    NODAR DUMBADZE. HELLADOS (HIKOYA)

    — Jamol — skripka!

    — Yanguli — mishiqi!

    — Jamol — cho‘chqa!

    — Yanguli — ipirisqi grek!

    — Jamol — sassiqtaka!

    — Chivinbotir!

    — Eshshak!

    — Chuvrindi!

    — Bezori!

    — Tbilisilik landovur!

    — Sheni deda vatire, Yanguli!

    — Imana su ine prostikasa ineka, Jamol!

    Yanguli — suxumilik grek Xrista Aleksandridining o‘g‘li. Cho‘pday ozg‘in, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, ko‘zlari charosdek qop-qora, qo‘llari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan o‘n to‘rt yoshli bu bola yon-atrofdagi tengqurlari uchun naqd azroilning o‘zi edi. Mushtlashishda hech kim unga bas kelolmasdi. Ana-mana deguncha birvarakayiga ikki-uch bolani yerga chalpak qilib qo‘yaverardi. Mushukday chaqqon, qayishday chayir bola edi u. Qishin-yozin oldi ochiq qora satin ko‘ylak kiyib yurardi.

    Yanguli otasi bilan Venetsian ko‘chasida, Chalbash daryosining bo‘yida yashardi. Onasini eslolmaydi — chaqaloqligidayoq yetim qolgan. Ota-bolaning bor-yo‘q davlati bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshko‘k, sut-qatiq sotib kun ko‘rishadi.

    Yanguli hech qaerda o‘qimasdi. Otasining yumushlariga qarashar, ahyon-ahyon eshakda qo‘shnilarga sut-qatiq tarqatar edi. O‘ziga o‘zi in’om etgan bor vaqtini u ko‘chada o‘tkazardi. Temiryo‘l kesib o‘tiladigan joyda maktabdan qaytadigan bolalarni poylab turar, bittama-bitta ularning cho‘ntaklarini timirskilab, tamakimi, sariq chaqami, soat zanjirimi yoxud rangli qalammi — nimaiki bo‘lsa, barini ship-shiydon qilib olib qo‘yar edi. Ertasiga esa o‘sha narsalarni yana o‘sha bolalarning o‘ziga arzonroqqa pullar, so‘ng tushgan aqchaga ular bilan qimor o‘ynab, noshud sheriklarining bor-budini obdon shilardi-da, cho‘ntaklarini qappaytirib uyiga qaytardi.

    Xudoning bergan kuni ahvol shu edi...

    O‘n to‘rt yoshli bu zolim Venetsian ko‘chasida istiqomat qiluvchi barcha ustidan, jumladan, xolavachcham Koka ustidan ham tanho hukmronlik qilardi.

    Xullasi kalom, Yanguli dahaning tan olingan sardori edi.

    Bizning tanishuvimiz o‘ttiz sakkizinchi yilning kuzlarida boshlangan. Nina xolam meni Tbilisidan olib kelgan kunning ertasigayoq butun Suxumiga nomi ketgan musiqa muallimi Yelena Mixaylovna Navrodskayaning uyiga boshlab borib, o‘zini tappa uning oyoqlari ostiga tashladi:

    — Yetimchaga rahmingiz kelsin! Onasi skripkaga olib borardi... Olloning irodasi ekan, bir kunda onasidan ham ajraldi, skripkasidan ham judo bo‘ldi... Shu bolani tarbiyangizga oling... Qancha so‘rasangiz ham mayli...

    Navrodskaya eshitish qobiliyatimni tekshirdi, har turli notalarni o‘qitib ko‘rdi, barmoqlarimni ko‘zdan kechirdi, iyagim ostidagi qadoqni siypaladi. So‘ng biroz ikkilanib turdi-da, narigi xonadan skripka ko‘tarib chiqib, uni sozlashni buyurdi. Xolam tipirchilab qoldi, ammo topshiriqni tuppa-tuzuk uddalaganimni ko‘rib sal xotirjam bo‘ldi...

Не тот ответ на вопрос, который вам нужен?
Найди верный ответ
Самые новые вопросы
tegysigalpa2012
Русский язык - 6 лет назад

Помогите решить тест по русскому языку тест по русскому языку «местоимение. разряды местоимений» для 6 класса 1. укажите личное местоимение: 1) некто 2) вас 3) ни с кем 4) собой 2. укажите относительное местоимение: 1) кто-либо 2) некоторый 3) кто 4) нам 3. укажите вопросительное местоимение: 1) кем-нибудь 2) кем 3) себе 4) никакой 4. укажите определительное местоимение: 1) наш 2) который 3) некий 4) каждый 5. укажите возвратное местоимение: 1) свой 2) чей 3) сам 4) себя 6. найдите указательное местоимение: 1) твой 2) какой 3) тот 4) их 7. найдите притяжательное местоимение: 1) самый 2) моего 3) иной 4) ничей 8. укажите неопределённое местоимение: 1) весь 2) какой-нибудь 3) любой 4) этот 9. укажите вопросительное местоимение: 1) сколько 2) кое-что 3) она 4) нами 10. в каком варианте ответа выделенное слово является притяжательным местоимением? 1) увидел их 2) её нет дома 3) её тетрадь 4) их не спросили

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.