profile
Размещено 2 года назад по предмету Оʻzbek tili от dilafrozxoliqova

Dastlabki 1417—1420-yillarda [Ulugʻbek madrasasi] bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydonning sharqiy qismida Ulugʻbek xonaqosi (1424-yil), shimoliy qismiga Mirzoyi karvonsaroyi, janubiga Alika Koʻkaldosh juma masjidi (1430-yil) bunyod etilgan, yonida esa yogʻochdan xotamkori uslubida Masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 1420—1440-yillarida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. XVII asrda Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqosi oʻrniga Sherdor madrasasini (1619—1635/36), Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori masjidini (1646/47—1659/60) qurdirgan. Registon maydoni oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Markaziy Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi.[1]

Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu yerda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari. Registon — qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001-yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.

Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. Oʻrta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa Markaziy Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur hukmronligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek davrida esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek, Sherdor va Tillakori madrasalarini mujassam etadi.

Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Koʻchkunchixon qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qo’sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so’ng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyodan sayyohlar tashrif buyurishadi.

  1. Ответ на вопрос
    Ответ на вопрос дан boymuhammad157

    Ответ:nima bu chunbomayabdiku?

    Объяснение:

Не тот ответ на вопрос, который вам нужен?
Найди верный ответ
Самые новые вопросы
tegysigalpa2012
Русский язык - 5 лет назад

Помогите решить тест по русскому языку тест по русскому языку «местоимение. разряды местоимений» для 6 класса 1. укажите личное местоимение: 1) некто 2) вас 3) ни с кем 4) собой 2. укажите относительное местоимение: 1) кто-либо 2) некоторый 3) кто 4) нам 3. укажите вопросительное местоимение: 1) кем-нибудь 2) кем 3) себе 4) никакой 4. укажите определительное местоимение: 1) наш 2) который 3) некий 4) каждый 5. укажите возвратное местоимение: 1) свой 2) чей 3) сам 4) себя 6. найдите указательное местоимение: 1) твой 2) какой 3) тот 4) их 7. найдите притяжательное местоимение: 1) самый 2) моего 3) иной 4) ничей 8. укажите неопределённое местоимение: 1) весь 2) какой-нибудь 3) любой 4) этот 9. укажите вопросительное местоимение: 1) сколько 2) кое-что 3) она 4) нами 10. в каком варианте ответа выделенное слово является притяжательным местоимением? 1) увидел их 2) её нет дома 3) её тетрадь 4) их не спросили

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.